"Liverpul" "Chelsi" yulduzi bilan muzokaralar boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 309
Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Meyson Maunt faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa vakilida davom ettirishi mumkin. Goal.com xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.
Manbaning qayd etishicha, mersisaydliklar top-klubi rahbariyati futbolchi bilan yozgi transfer borasida muzokaralar olib borishgan. "Chelsi" Meysonni sotishi mumkin, chunki ular u bilan hamkorlikni uzaytirish borasida kelisha olmadilar.
Maunt 2019 yil iyul oyidan beri “Chelsi” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning “aristokratlar” bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum yakuniga qadar tuzilgan. Futbolchining transfer narxi 75 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!