"Chelsi" yarim himoyachisi uzoq vaqtlik tanaffusdan so'ng yana jamoa asosiy tarkibiga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117
"Chelsi" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik noyabr oyidan beri birinchi marta Premer-liga bahsini asosiy tarkibda boshlaydi. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadigan "Vest Xem" bilan mehmondagi London derbisida ingliz birinchi daqiqalardanoq maydonga tushadi.
Loftus-Chik bir necha oy davom etgan jarohati tufayli bir qancha o'yinni o'tkazib yubordi. Biroq, angliyalik hozirda tuzalib bo'lgan va to'liq maydonga qaytishga tayyor.
Ma'lumotlarga ko'ra, diskvalifikatsiya tufayli so'nggi uch turni o'tkazib yuborgan hujumchi Joau Feliks ham bugun "aristokratlar"ning asosiy tarkibida maydonga tushadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!