Xavi Fatining kelajagiga oydinlik kiritib berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi klub hujumchi Ansu Fatini sotish niyatida emasligini aytdi.
“Fati hozirda boshqa barcha futbolchilarimiz kabi sotilmaydi. Men Ansuga ishonaman, u jamoamizning buguni va kelajagi”, - deya Xavining so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Fati "Barselona" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2022/23 yilgi mavsumda 31 o'yinda 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, 20 yoshli hujumchiga "Bavariya", "Arsenal", "Tottenxem" va "Manchester Siti" klublari da'vogarlik qilayotgani xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!