"Arsenal" hujumdagi yana bir etakchisi bilan yangi shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 68
"Arsenal" yarim himoyachisi Bukayo Saka Mikel jamoa bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, angliyalik 2027 yilgacha amal qiladigan yangi shartnomaga o'z imzosini qo'yishga bir qadam qolgan.
Eslatib o'tamiz, Sakaning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakuniga etadi. "Kanonirlar" yaqinda hujumchi Gabriel Martinelli bilan shartnomani yangiladi. Bukayodan tashqari Mikel Arteta jamoasi tezroq markaziy himoyachi Uilyam Saliba bilan ham yangi shartnoma imzolash niyatida.
Joriy mavsumda Saka Angliya Premer-ligasida 7 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!