Vlaxovichga "Yuventus"da qolishni maslahat berishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79
"Lechche" sport direktori Pantaleo Korvino "Yuventus" hujumchisi Dushan Vlahovichga jamoa Chempionlar ligasiga chiqa olmasa ham mavsum oxirida "keksa sinora"ni tark etmaslikni maslahat berdi.
E'tibor bering, aynan Korvino o'z vaqtida serbiyalik hujumchini "Fiorentina"da sport direktori lavozimida ishlaganida transfer qilgan edi.
“Dushan hali yosh. Men unga jamoa Chempionlar ligasiga chiqa olmasa ham "Yuventus"da qolishni maslahat beraman. "Yuventus" har doim "Yuventus", juda raqobatbardosh jamoa. Bo'rondan keyin har doim xotirjamlik bo'ladi", - deya Korvino so'zlarini keltiradi Football Italia.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Vlaxovich mavsum yakunida “Yuventus”ni tark etmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.