O'rtoqlik o'yini. «Dinamo» «Metallurg» ustidan irodali g'alabaga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
Pro liga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan «Dinamo» jamoasi Superligaga hozirlik ko'rayotgan «Metallurg»ga qarshi bahsda maydondga tushdi.
Qibrayda o'tgan uchrashuvda Vadim Abramov bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazdi. Birinchi bo'limda raqiblar safidan Yosovich va Toshqo'zievning gollariga Grigalashvili bitta gol bilan javob qaytargan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Tursunqulovning ikki goli yakunda «Dinamo» g'alabasini ta'minladi – 3:2.
O'rtoqlik o'yini. 11 fevral
«Dinamo» - «Metallurg» - 3:2 (1:2)
Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev (Namangan)
Gollar: Elguja Grigalashvili 39, Hazrat Tursunqulov 53 penaltidan, 66 - Ivan Yosovich 25, Abror Toshqo'ziev 35.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!