Kuman: "Bu yigitlarning sovrin yutadigan davri hali kelgani yo'q"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 609
Gollandiya terma jamoasining bosh murabbiyi Ronald Kuman Millatlar ligasi finalida Portugaliya termasidan uchralgan mag'lubiyatga sharh berdi.
"Golga tortadigan vaziyatlarimiz kam bo'ldi. Aniqroq o'ynashimiz kerak edi, bugun bu borada muammolarga duch keldik. Eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz lozimligini anglardik, ammo buning uddasidan chiqa olmadik.
Balki bu yigitlarning sovrin yutadigan davri hali kelmagandir. Oldinda Evro-2020 o'yinlari kutib turibdi va o'z shogirdlarim haqida yomon fikr bildira olmayman. Bugun g'alaba uchun ozgina qoldi, umuman olganda musobaqa biz uchun ijobiy o'tdi", - deydi Kuman.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!