Sillessen: "Guedeshning zarbasi qiyin bo'ldi, uni kechroq ko'rdim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 807
Gollandiya terma jamoasi darvozaboni Yasper Sillessen Millatlar ligasi finalida Portugaliyadan uchralgan mag'lubiyat haqida (0:1) fikr bildirdi.
Uchrashuvdagi yagona golni portugaliyaliklar yarimhimoyachisi Gonsalu Guedesh urdi.
"Guedeshning zarbasi juda qiyin edi, uni kechroq ko'rdim, chunki oldimni Denzel Dyumfris to'sib turgandi. Bu termadagi 50-o'yinim bo'lsada, juda yoqimsiz hislarni tuyyapman. Juda xafaman, qatorasiga ikkinchi finalda yutqazyapman. Bu mavsumni tezroq unutish kerak", - deydi Silessen.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!