Ana xolos! Jangga bir kun qolganda Shohjahon Ergashevning raqibi o'zgardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 660
Ertaga professional bokschi Shohjahon Ergashev faoliyatidagi navbatdagi jangini o'tkazadi. Moskva shahrida prof boksdagi 17-jangida ringga ko'tariladi.
Ushbu boks kechasidagi jangga bir kun qolganda O'zbekistonlik bokschining raqibi o'zgardi, Shohjahon ertaga rossiyalik Maksim Churbanovga qarshi ringga chiqadi.
Aslida Ergashev Puerto-Riko vakili Danielito Zorrillaga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Shohjahonning yangi raqibi 32 yoshli Maksim Churbanov rossiyalik bokschi bo'lib, faoliyati davomida jami 13 ta jang o'tkazgan. Hisobida 8 g'alaba, 4 mag'lubiyat va bir durang bor. Bir marotaba nokautga uchragan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!