"MYu" APL turnir jadvalida 3-o'ringa ko'tarilib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
"Manchester Yunayted" 22-tur yakunlariga ko'ra APL turnir jadvalidagi o'rnini yaxshilab oldi.
Erik ten Xag jamoasi shu kungacha qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha "Nyukasl"dan ortda qolgan holda to'rtinchi o'rinni egallab kelayotgan edi.
Bugun mankunianliklar "Kristal Pelas"ni mag'lub etishdi (2:1), "hakkalar" "Vest Xem" bilan durang o'ynashdi (1:1).
Ayni damda APLda 21 o'yindan so'ng “Manchester Yunayted” 42, “Nyukasl” 40 ochkoga ega.
Dastlabki ikki o'rinni “Arsenal” (50) va “Manchester Siti” (45) egallab turibdi – ular har biri 20 tadan o'yin o'tkazishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!