So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Neymar politsiya mahkamasiga nogironlar aravachasida bordi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1255
Jinsiy zo'ravonlikda ayblanayotgan PSJ va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar politsiya mahkamasiga nogironlar aravachasida bordi. Bu haqda Worldnews axborot agentligi xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, jarohati tufayli nogironlar aravachasidan foydalanayotgan Neymar Rio-de-Janeyro shahrida politsiya mahkamasiga ko'rsatma bergan.
Ma'lumot o'rnida, ismi sir tutilayotgan ayol Neymar uni majburlaganlikda ayblamoqda va bu borada Parij sudiga ariza yozgan. UOL Sport manbasiga ko'ra, ular instagramda tanishishgan va Parijda ko'rishishga kelishib olishgan.
15 may sanasining tunida Neymar uchrashuvga mast holda borgan va shu holatida ayolga keskin tajovuz qilgan. PSJ hujumchisi Neymar barchasini tan olganligi haqida aytib o'tdi.
“Men o'zligimdan voz kechib, barcha yaqinlarimning oldiga chiqaman va hech nima bo'lmaganligini isbotlashga harakat qilaman.
Shu kuni barchasi sodir etildi va u kutgan ish amalga oshdi. Bunga uning o'zi rozi bo'ldi. Endi esa u meni jinsiy zo'ravonlikda ayblamoqda. Men unga aldandim”, degan Neymar.