Virjil van Deyk Ronaldu haqida nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1612
Gollandiya terma jamoasi futbolchilari «Millatlar Ligasi» finalida Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi bilan to'qnash kelishidan xabaringiz bor. Final oldidan «lolar yurti» vakillari tomonidan Ronaldu haqida bildirilgan fikrlar bilan qiziqdik
Ronald Kuman
Ilk yarim finalda Shvetsariya terma jamoasi uchrashuvni kuchliroq boshlagan edi. Shunga qaramasdan Ronaldu yana bir bor super futbolchi eknaligini isbotlab berdi. Biz Portugaliyaga qarshi kechadigan bahsda raqiblarni to'psiz qoldirishga xarakat qilamiz. Agar to'p bizda bo'lsa, Ronaldu bizning darvozamizga yaqin kela olmaydi.
Frenki de Yong
Biz doimo elkama-elka harakat qilamiz va hech qachon taslim bo'lmaymiz. Biz Angiliya termasini mag'lubiyatga uchratishdan avval ham irodali g'alabalarni qo'lga kiritganmiz. Raqiblarimiz safida bir nechta kuchli futbolchilar jamlangan. Ularning yarim finaldagi o'yinlarini ozgina tomosha qildim. Ronaldu bir o'zi jamoasini finalga olib chiqdi. Shunday ekan, uni uchrashuv davomida yaxshilab qo'riqlashimiz shart.
Van De Bek
Ronaldu chinakam yirtqich. U raqib himoyasini yorib o'tish borasida professor desam, adashmagan bo'laman. Uning ikki futbolchi o'rtasidan ham osonlik bilan yorib chiqishini ko'p bor guvohi bo'lganmiz. Men avval ham Krishga qarshi maydonga tushganman va ijobiy natijani qo'lga kiritganman. Endi bu ishni yana takrorlashim zarur, faqat terma jamoam safida. Ronaldu tengsiz futbolchi, biroq Portugaliya «Yuventus»dan kuchsizroq!
Virjil van Deyk
Portugaliya deganda ko'pchilikning hayoliga birinchi navbatda Ronaldu kelishi turgan gap. Shunday bo'lsada, Portugaliya faqat Ronaldudan iborat emas. Uning safida ko'plab kuchli futbolchilar mavjud. Boz ustiga murabbiy ulardan ajoyib foydalanmoqda. To'g'ri, u Shvetsariya darvozasini 3 bor ishg'ol qildi, lekin ishonch bilan aytishim mumkin u bizning darvozamizga uchta gol ura olmaydi. Biz unga qarshi qanday uchrashuv o'tkazishni yaxshi bilamiz. Terma jamoamizdagi yigitlarning aksariyati unga qarshi maydonga tushishga muvaffaq bo'lgan. Bu tomoshabop final bo'lishiga shubham yo'q. Uchrashuvni sabrsizlik bilan kutyapman. Biz terma jamoa libosini kiyishimiz bilan bu sovrinni boshimiz uzra baland ko'tarish haqida o'ylayapmiz. Bir qarashda bu uchrashuvda fovorit yo'qdek tuyular, ammo biz chempionlikka ko'proq haqliroqdek ko'rinmoqdamiz, deb hisoblayman.