Konte «Arsenal» futbolchisini «Inter»ga olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 926
“Inter” yozgi transferlar vaqtida “Arsenal” himoyachisi Loran Kosielnini sotib olmoqchi, deb xabar beradi Calciomercato nashri.
“Neradzurrilar”ning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte jamoaning sxemasini o'zgartirmoqchi. Italiyalik mutaxassis uchta himoyachi bilan o'ynamoqchi, shuning uchun u bu pozitsiya munosib futbolchi qidirmoqda.
33 yoshli futbolchi londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilgacha mo'ljallangan. “Arsenal” esa Kosielni o'rniga Umtitini sotib olmoqchi.
Ma'lumot o'rnida, frantsiyalik futbolchi joriy mavsum 31 ta o'yinda maydonga tushib 3 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!