Bugun Isroil Madrimov ringga ko'tariladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2300
Professional boksda yorqin faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik Isroil Madrimov bugun o'zining uchinchi jangida ringga ko'tariladi.
Ushbu jangda o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasiga meksikalik Norberto Gonsales raqiblik qiladi. Jang 8 iyun kuni Nyu-York shahridagi “Medison Skver Garden” arenasida bo'lib o'tadi.
Gonsales shu paytgacha 35 marta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 23 tasida g'alaba qozongan (13 nokaut) va 12 bor mag'lubiyatga uchragan. Isroil Madrimov esa prof ringda ikki marotaba jang o'tkazib, ularning har ikkisida ham raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan.
Boks afsonasi Gennadiy Golovkin ushbu boks oqshomining markaziy jangida ringga chiqadi. Madrimovning jangi taxminan 9 iyun tongi taxminan soat 05.30 larda boshlanadi. Xatto ertaroq boshlanish ehtimoli ham yo'q emas.
Isroil Madrimovning jangga qanday tayyorgarlik ko'rgani tasvirlangan videosini bu erda ko'rish mumkin.