So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
MOQ O'zbekiston og'ir atletika federatsiyasini tabriklaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2627
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Fijining Suva shahrida og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida qayd etilgan ajoyib natija bilan O'zbekiston og'ir atletika federatsiyasini muborakbod etadi.
Ma'lumki, o'zbek og'ir atletikasi so'nggi yillarda dunyoning eng kuchli maktablaridan biriga aylanib ulgurdi. O'tkazilayotgan xalqaro musobaqalarda ham terma jamoamiz vakillari hech qachon yurtimizga “quruq” kelishmaydi. Bu xoh o'smirlar, yoshlar yoinki kattalar o'rtasidagi har qanday musobaqa bo'lmasin, og'ir atletikachilarimiz shoda-shoda medallarni qo'lga kiritadilar. Bu esa federatsiya rahbariyatining olib borayotgan to'g'ri va tizimli ishlarining mevasidir.
Xususan, shu kunlarda Fijining Suva shahrida yoshlar o'rtasidagi navbatdagi jahon chempionati bo'lib o'tmoqda. Ushbu musobaqada terma jamoamiz 2 sportchi bilan ishtirok etib, 100 foizlik natija qayd etdi. Musobaqada qatnashgan polvonlarimiz Adhamjon Ergashev (-67 kg) va Akbar Jo'raev (-109 kg) dast va siltab ko'tarish, shuningdek, ikki kurash bo'yicha ham barcha oltin medallarni o'z hisoblariga yozdirib, jahon chempionatida jami 6 ta oltin medalga sazovor bo'lishdi.
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bunday ajoyib natija bilan O'zbekiston og'ir atletika federatsiyasi rahbariyati, sportchi hamda murabbiylarimizni, qahramonlarimizning oila-a'zolarini va albatta, siz aziz muxlislarni mana shunday g'alaba bilan muborakbod etib qoladi. Umid qilamizki, mana shunday zafarli yurishlar kelasi yili Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida ham bardavom bo'ladi.