"Chelsi" uch bor Zieshning noto'g'ri hujjatlarini yuborgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82
L'Equipe nashri xabariga ko'ra, "Chelsi" marokashlik yarim himoyachi Xakim Zieshning "PSJ"ga ijaraga o'tishi bo'yicha uch marta noto'g'ri hujjatlar yuborgan.
Qayd etilishicha, 29 yoshli futbolchi frantsuz klubiga ijara shartnomasi bo'yicha sotib olish huquqisiz o'tishi kerak edi. "Chelsi" uch marta noto'g'ri hujjatlar jo'natgan, shu sababli jamoalar shartnomani Frantsiyada belgilangan muddat - 1 fevral, Toshkent vaqti bilan 03:00 dan oldin yakunlashga ulgurmagan.
Kechikish, shuningdek, londonliklar "PSJ" rahbarlarini Zieshni sotib olish variantini shartnomaga kiritishga ishontirishga uringani bilan bog'liq. Parijliklar rahbariyati Frantsiya chempionatiga murojaat qiladi, ammo talabni qondirish imkoniyati deyarli yo'q.
Ziesh joriy mavsumda “Chelsi” safida barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. JCh-2022da Marokash terma jamoasi bilan birgalikda to'rtinchi o'rinni egalladi.