So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Neymarning tiklanishi uchun 4 oy ketishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 787
«PSJ» klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarning jarohatidan tiklanishi uchun taxminan qancha vaqt ketishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.
27 yoshli futbolchi Qatarga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda (2:0) jarohat olgan edi. Tibbiy tekshiruv shuni ko'rsatdiki, futbolchining o'ng oyog'i to'piq qismidagi bo'g'imda uzilish yuz bergan. Uning Amerika kubogi musobaqasida ishtirok etmasligi aniq bo'ldi.
Agar Neymarning sog'ayishi uchun operatsiya kerak bo'lmasa, uning to'liq tiklanishi uchun 3 haftadan 6 haftagacha vaqt ketishi mumkin. Ammo o'yinchi Neymar operatsiya stoliga yotadigan bo'lsa, u 4 oy davomida maydonga tusha olmaydi. Bundan taqdirda futbolchi faqat oktyabr oyida maydonga qaytadi.