"Arsenal" noyabrdan buyon ilk bor mag'lub bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 58
"Arsenal" noyabr oyidan beri ilk mag'lubiyatini qabul qildi.
London klubi Angliya kubogi 4-turida “Manchester Siti”ga safarda mag'lub bo'ldi (0:1).
Murabbiy Mikel Arteta jamoasi so'nggi bor 9 noyabr kuni Angliya liga kubogida “Brayton”ga (1:3) mag'lub bo'lgandi.
O'shandan so'ng "kanonirlar" 6 marta g'alaba qozonib, bir marta durang o'ynagan.
4 fevral kuni “Arsenal” APLning 22-turida “Everton” bilan mehmonda maydonga tushadi. Ligada londonliklar turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va “Siti”dan 5 ochko oldinda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!