Messi pul ishlamoqchi bo'lsa, Saudiyaga kelaverishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106
Saudiya Arabistoni klublari Lionel Messini taklif qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi ESPN.
Argentinalik futbolchining "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha tuzilgan u yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Ayni paytda tomonlar hamkorlikni uzaytirish borasida kelishib olishmagan.
Agar Messi "PSJ"ni tark etsa, Saudiya klublari Lionelga yiliga 200 million evro maosh oladigan "An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldunikiga mutanosib maosh taklif qilishga tayyor.
ESPN manbalariga ko'ra, Saudiya klublari Evropadan top o'yinchilarni sotib olishda yordam oladi.
Ronaldu va Messi yaqinda 2020 yil dekabridan beri ilk bor "An-Nasr" va "Al-Hilol" yulduzlari hamda "PSJ" o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonda uchrashishdi. Krishtianu dublga erishdi, Lionel bitta golga mualliflik qildi.