FIFA Urugvay va uning 4 nafar futbolchisiga jiddiy jazo qo'lladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 87
Xalqaro futbol federatsiyasi tartib-intizom qo'mitasi JCh-2022 guruh bosqichidan o'rin olgan Urugvay va Gana terma jamoalari o'rtasidagi o'yin (0:2) yakunlari bo'yicha hukm chiqardi, deb xabar bermoqda FIFA sayti.
Urugvay terma jamoasining to'rt nafar futbolchisi diskvalifikatsiya qilindi: Xose Mariya Ximenes va Fernando Muslera to'rtta o'yinga, Edinson Kavani va Diego Godin esa 1 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Shuningdek, barcha futbolchilar 15 000 dan 20 000 Shveytsariya frankigacha jarima bilan jazolanadi.
O'yin tugaganidan so'ng Janubiy Amerika jamoasi futbolchilari hakam oldiga yugurib borib, ganaliklar darvozasiga penalti belgilamagani uchun undan norozi bo'lishdi. Shuningdek, Kavani FIFA rasmiylarini ham haqorat qilgan va ataylab VAR monitorini urgan.
Urugvay futbol assotsiatsiyasi 50 000 Shveytsariya franki miqdorida jarimaga tortildi, mamlakat milliy terma jamoasining bitta rasmiy uy uchrashuvi muxlislar uchun yopiq darvoza ortida o'tkazilishi belgilandi.