"PSJ" qishdayoq Shkrinyarni o'ziniki qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79
"PSJ" qishki transfer oynasida "Inter"dan himoyachi Milan Shkrinyarni sotib olmoqchi. Jurnalist Adrien Grenerning so'zlariga ko'ra, Frantsiya klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfi bu ishni shaxsan nazoratga oldi.
Oldinroq himoyachi Frantsiyaga ko'chib o'tishga printsipial rozi bo'lgani haqida xabar berilgandi. "PSJ" allaqachon Shkrinyarga bonuslarni hisobga olmaganda, mavsumiga 9 million evro maosh oladigan 4 yillik shartnoma taklif qilgan.
"Inter" himoyachisining agenti Roberto Sistichi futbolchi klub bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emasligini tasdiqladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!