"Barselona"da ortiq unga joy yo'q
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130
Himoyachi Ektor Belerin "Barselona"ni tark etishi mumkin.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchi Xavining rejalariga to'g'ri kelmaydi. Hozircha klubda hech kim himoyachining agenti bilan shartnomani uzaytirish borasida gaplashgani yo'q va futbolchi ma'lum vaqtdan beri boshqa ligaga o'tish haqida o'ylamoqda.
2022 yilning sentyabrida Belerin "Barselona" bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Joriy mavsumda ispaniyalik barcha musobaqalarda kataloniyaliklar uchun 7 ta o'yin o'tkazdi.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 15 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!