Verrattining qachon safga qaytishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
«PSJ» yarim himoyachisi Marko Verratti qachon jamoa bilan mashg'ulotlarni davom ettirishi ma'lum bo'ldi.
Jurnalist Adrien Grenening ijtimoiy tarmoqlardagi so'zlariga ko'ra, italiyalikning qaytishi kelasi hafta amalga oshishi kerak.
Oldinroq Verratti engil jarohat olgandi. Eslatib o'tamiz, Verratti yaqinda «PSJ» bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirdi. Noyabr oyida Marko 30 yoshga to'ldi.
Verratti joriy mavsumda 16 ta o'yinda gol ura olmadi. Chempionlar ligasida italiyalik futbolchi guruh bosqichida bitta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!