Neymar «Barselona» fan klubiga murojaat qildi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 850
Kuni kecha Neymar o'zining Instagaram profilidan jonli efirga chiqdi va muxlisalrni qiziqtirayotgan bir nechta savollarga javob berdi. Uning ta'sirli nutqini saytimiz o'quvchilari uchun tarjima qildik!
Mening kelajagim savol ostida turibdi. Shunday bo'lsada, men hozir «PSJ» futbolchisiman va mening klub bilan shartnomam mavjud. Boshqa tomondan olib qaralsa, men Katoloniyadagi do'stlarimni va o'tmishdagi shirin xotirlarimni qumsayapman! Yo'q, men «PSJ»ga kelganimdan afsuslanmayman. Bu klub o'z imidjiga ega va uni futbolni yaxshi tushunadigan insonlar boshqaradi. Shunday bo'lsada, hayot har doim ham biz o'ylaganichalik muvaffaqiyatli qarorlarga boy bo'lavermaydi. Ba'zan qarorlaringni qayta o'ylab ko'rishga to'g'ri keladi. Hozirda men haqimda OAV tonnalab yangiliklarni yaratishmoqda. Bir qarashda hammasi bir pulga qimmat shov-shuvdek ko'ringani bilan, yangiliklarning ba'zilarida haqiqat bordek!
Boshqa klubga o'taman deya olmayman. To'g'ri, «Barselona»ning o'yinlarini anchadan beri kuzatib kelaman. Kataloniyani tark etganimdan beri uning natijalari va o'yinlarini kuzatib boraman. Afsuski, ular bu mavsumda YChLda kerakli natijani qayd eta olishmadi. Bunday katta turnirning yarim finaliga qadar etib kelish istalgan grand klubning orzusi, biroq «Barselona» uchun emas! Men bu klubning muxlislari o'z seviklilaridan nimalar kutishini va nimalar talab qilishini yaxshi bilaman! Rahbariyat futbolchilardan nima talab qilishidan ham xabarim bor! Yakunlangan mavsumni Katoainiyada juda omadsiz deb atashganidan ham xabarim bor!
Rim va Liverpul shaharlarida bo'lgan voqealarni tushuntirib berish qiyin. Balki, mavsum so'ngida futbolchilarning toliqib qolgani bunga sabab bo'lgandir. Sababi, ular bir necha mavsumdan beri Ispaniya chempionligi uchun keskin kurash olib borishmoqda va chempionlikni hech kimga bermay kelishmoqda. Chempionlik uchun esa, har haftada maydonga tushish va bor kuch bilan harakat qilish zarur. Tashqaridan qaraganda Ispaniya chempionligini qo'lga kiritish oson ko'ringani bilan, aslida unday emas. «La Liga»da g'alaba qozonish EChLda g'olib bo'lishdan zarracha oson emas…
Messi bilan haligacha qalin do'stmiz. Suarez bilan yozishib turamiz. Bilasizlarmi, «Barselona» doimo mening uyim bo'lgan va butun umr shunday bo'lib qoladi!