Toshkentda OFKning «B» diplomi bo'yicha murabbiylik kurslarining to'rtinchi moduli boshlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 746
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda murabbiylik sohasini rivojlantirish, murabbiylar mahoratini oshirish maqsadida poytaxtimizda "B" diplomi uchun OFKning xalqaro murabbiylik kurslari o'tkazib kelinayotgani haqida xabar berib o'tgandik. Bugun mazkur kurslarning to'rtinchi moduliga start berildi.
Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda. Ular orasida Zayniddin Tojiev, Yaroslav Krushelnitskiy, Baxtiyor Qambaraliev kabi sobiq futbolchilar bor.
Murabbiylik kurslarini FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov olib boryapti. Unga Oybek Davletmurodov yordam bermoqda.
Mazkur 4 modul yakuniga etganidan keyin murabbiylar imtihon topshirib, ularning o'quv-kurslari davomida olgan bilimlari sinovdan o'tkaziladi.