«Barselona» qiziqish bildirgan futbolchi Shotlandiyaga yo'l oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 76
Het Nieuwsblad xabariga ko'ra, «Reynjers» «Standard Lej»ning 21 yoshli yarim himoyachisi Nikolas Raskin bilan shaxsiy kelishuvga erishgan.
Endi «Reynjers» va «Standard» transfer narxi bo'yicha kelishib olishlari kerak, shundan so'ng katta ehtimol bilan belgiyalik rasman Shotlandiya chempionatiga o'tadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning yozida Moskvaning «Lokomotiv» klubi yosh sportchi xizmatlariga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. Buning ustiga qishki mavsum boshidayoq Raskinga Kataloniyaning «Barselona» klubi ham qiziqish bildirgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.
Eslatib o'tamiz, 2018 yilda Nikolas Raskin Belgiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Angliyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatida ishtirok etdi.