Simeone: «Depay menga Diego Kostani eslatadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone gollandiyalik hujumchi Memfis Depayning transferi haqida gapirdi.
«Depay klubimizga katta ishtiyoq bilan keldi. U o'zining eng yaxshi formasiga qaytishni xohlaydi. Ishonchim komilki, biz uning «Lion»dagi namunali o'yinini bu erda ham ko'ramiz. U erda Memfis yuqori saviyani ko'rsatdi.
Umid qilamanki, u «Atletiko»da yaxshi o'ynaydi. Depay menga biroz Diego Kostani eslatadi. U hujumda ham, hujumchi ortida ham harakat qila oladi», - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Marca nashri.
Ma'lumot uchun, Depayning transferi «matraschilar»ga uch million evroga tushdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!