Drogba Bayining uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
Sobiq hujumchi Dide Drogba "Marsel" himoyachisi Erik Bayining uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishiga munosabat bildirdi.
Ivuarlik futbolchi Frantsiya kubogi 1/32 finalida "Yer" jamoasiga qarshi o'yinda (2:0) qo'pollik ishlatgani uchun 7 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
"Bunday harakat uchun bu juda qiyin qaror. Ilgari bunday epizodlar uchun ikkita o'yingacha chetlatishar edi. Buni ular qanday izohlashlasharkin?", — deb post qoldirdi Drogba ijtimoiy tarmoqlarda xabar qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, Erik "Yer" yarim himoyachisi Almik Ndiayaga jiddiy jarohat etkazgan. Ndiayaning qovurg'alari singan, shuningdek, jigari shikastlangan.
28 yoshli himoyachi joriy mavsum Liga 1da 6 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta sariq kartochka oldi.