So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bugun engil atletikachilarimiz Xitoy Gran-prisiga yo'l olishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 469
4-7 iyun kunlari Xitoyning Tszyan Tszin va Tszyulunpo shahrlarida engil atletika bo'yicha Osiyo Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqa bo'lib o'tadi. Mazkur turnirda qit'amizning eng sara atletlari qatori terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etishadi. Bugun ushbu musobadaqa qatnashadigan hamyurtlarimiz Xitoy safariga jo'nab ketishadi.
Xabaringiz bor, ayni vaqtda engil atletika bo'yicha Tokio Olimpiadasi uchun normativlar bajarish davri davom etmoqda. Shu bois ham terma jamoamiz vakillari o'z oldilariga qo'ygan dastlabki vazifa Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishdir. Musobaqada ishtirok etuvchi terma jamoamiz vakillari va ularning yo'nalishidagi Olimpiada normativi quyidagicha:
Ruslan Qurbonov – uch hatlab sakrash (17.14 metr)
Nigina Sharipova – 100 va 200 metrga yugurish (11.15 va 22.80 sekund)
Nadiya Dusanova – balandlikka sakrash (1.96 m)