Bektemir Meliqo'zievning debyut jangi muddati va manzili ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 913
Professional boksning super o'rta (-76,2 kg) vazn toifasida faoliyatini boshlashi kutilayotgan Bektemir Meliqo'zievning debyut jangi muddati va manzili ma'lum bo'ldi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashriga menejer Alik Frolov ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Bektemir joriy yilning 13 iyun kuni professional boksdagi ilk jangini o'tkazadi. Jang AQShda, Kaliforniyadagi Kosta Mesa shahrida joylashgan “The Hangar” ko'rgazmalar zalida bo'lib o'tadi. Hozircha jangning aniq sanasi noma'lum bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Bektemir aprel oyidan buyon Amerikada “Mir boksa” promouterlik klubi tarkibida mashg'ulotlarda ishtirok etib kelmoqda. Ammo uning debyut jangi “Mir boksa“ promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil qilinmaydi.