Italiyalik insayder: Shomurodov rozi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159
Rimning "Roma" klubi sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov "Torino" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda italiyalik insayder Nikolo Skira Twitter sahifasida xabar berdi.
Endi "Torino" rimliklar bilan transfer masalasida kelishuvga erishishi kerak.
27 yoshli Shomurodov hozirda Transfermarkt portalida 7 million evroga baholangan. U "bo'rilar" safiga 2021 yil yozida "Jenoa"dan 18 million evro evaziga kelib qo'shilgan.
Eldor joriy mavsumda "Roma" uchun 8 ta o'yinda 1 ta gol urdi va 151 daqiqani maydonda o'tkazdi.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!