"Lester" yangi hujumchi bilan muzokaraga kirishgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Lester" "Fiorentina" hujumchisi Nikolas Gonsalesni qo'lga kiritish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Ingliz klubi 24 yoshli argentinalik futbolchiga 2027 yilning iyun oyi oxirigacha 4 million evro maosh bilan shartnoma taklif qildi. Ayni damda jamoalar ehtimoliy kelishuv miqdorini muhokama qilishmoqda.
Gonsales "Fiorentina"da 2021 yilning iyulidan beri to'p suradi. 2022/23 yilgi mavsumda u jamoa uchun barcha musobaqalarda 11 ta o'yinda 5 ta gol urdi. Transfermarkt.com portali hujumchining narxini 23 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!