Rasman. Favr iste'foga chiqarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 74
Lyusen Favr "Nitstsa" bosh murabbiyligidan ketdi, deya xabar beradi klub sayti.
Hozircha bosh murabbiy vazifasini avval o'rinbosarlar bilan ishlagan 36 yoshli Dide Digar bajaradi.
7 yanvar kuni “Nitstsa” Frantsiya kubogi 1/32 finalida uchinchi diviziondan tushib ketish zonasida borayotgan “Le-Pyui-an-Vele”ga (0:1) mag'lub bo'ldi.
Kristof Galte qo'l ostida o'tgan mavsumni 5-o'rinda yakunlagan “Nitstsa” hozirda Liga 1da 11-o'rinni egallab turibdi.
Eslatib o'tamiz, Favr avvalroq 2016-2018 yillarda "Nitstsa"ni boshqargan va shu yozda jamoaga qaytgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!