Feliksning "Chelsi"ga transfer tafsilotlari ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78
Jurnalist Beyn Jeykobsning yozishicha, Joau Feliksning "Atletiko Madrid"dan "Chelsi"ga o'tishi haqida yangi tafsilotlar paydo bo'ldi.
London klubi portugaliyalikga ijara davomida butun maoshini to'lab beradi. "Ko'klar" kelishuvga 23 yoshli yarim himoyachini sotib olish bandini ham qo'shishni xohlashdi, ammo "Atletiko" bu variantsiz ijara shartnomasini talab qilmoqda.
Avvalroq, "Chelsi" Feliksni mavsum oxirigacha ijaraga olishi ma'lum bo'lgandi. Buning uchun London klubi “matraschilar”ga 11 million evro to'laydi.
2022/23 yilgi mavsumda Feliks “Atletiko” tarkibida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Portugaliyalik futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 50 million evroga baholamoqda.