Pike - La Liga rahbariga: "Kuting, kelgusi yakshanba kuni bomba bo'ladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90
Jerard Pike Xaver Tebasning Qirollar ligasi haqidagi da'volariga javob qaytardi.
La Liga rahbari Ispaniya media ligasini tsirk deb atadi va "futbol bilan faqat ular darvozaga to'p kiritishi bilan birlashadi" - dedi.
"Qirollar ligasi tsirkiga xush kelibsiz! Kuting, kelgusi yakshanba kuni bomba bo'ladi, bu katta portlash bo'ladi. Vaqtni belgilab qo'ying", - deb yozdi "Barselona"ning sobiq himoyachisi va Qirollar ligasi asoschisi.
Pike o'z postida niqobli smayliklardan foydalangan. Aftidan, bu Qirollar ligasining 3-turida yana niqobli futbolchining ishtiroki kutilayotganiga ishora bo'lsa kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!