"MYu" Jekoni o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84
"Manchester Yunayted" "Inter" hujumchisi hamda Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi sardori Edin Jekoni sotib olmoqchi.
Xabarlarga ko'ra, klub yaqin vaqt ichida futbolchini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Avvalroq unga "Roma" ham qiziqayotgan edi.
Jeko “Inter” safida 2021 yilning yozidan buyon to'p suradi. 36 yoshli bosniyalikning amaldagi shartnomasi muddati 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 4 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda Jeko “Inter” safida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!