So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbek sportning “Oltin genofondi” MOQda jam bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 491
O'z tarixini unutgan millatning kelajagi yo'q. Shuningdek, bu jumlani sport miqyosida ham qo'llash mumkin. O'tmishidagi taniqli sport faxriylarining boy tajribalaridan foydalanish muvaffaqiyatga erishishning yana bir kalitidir.
Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida o'tmishimizning eng yorqin sport faxriylari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. Ushbu uchrashuv sport faxriylari va MOQ prezidenti o'rtasida tashkil etildi. Unda tashkilot qoshida sport faxriylarlari, taniqli olimlar va arboblardan iborat Jamoatchilik Kengashini tuzish va ular bilan hamkorlikda ishlash borasida suhbat bordi.
Uchrashuvda Rustam Shoabdurahmonov sport faxriylarining sog'lom turmush tarzi va sport ommaviyligini oshirish borasida tutgan o'rni xususida to'xtalib o'tdi.
“Avvalo, taklifimizga yo'q demasdan tashrif buyurganingiz uchun rahmat. Sizlar o'zbek sportining “Oltin genofondi”sizlar. MOQ qoshida tuziladigan Jamoatchilik Kengashi o'zbek sportini yangi bosqichga olib chiqishda katta yordam beradi.
Biz sizlardagi boy tajribadan foydalanishimiz kerak. Orangizda sportimiz taraqqiyotiga, uning bugungi zafarlariga tamal toshini qo'ygan mutaxassisslar bor. Hozirda barcha sport federatsiyalarida moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash borasida ish boshlayapmiz. Sizlardagi tajriba va ishtiyoq bilan sportimizning shonli tarixini qayta tiklaymiz”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.
Mazkur uchrashuvda boks, og'ir atletika, qilichbozlik, futbol, sport kurashlari, badiiy va sport gimnastikasi, shuningdek, ilmiy soha yo'nalishlarida shuhrat qozongan avlod vakillari qatorida suv polosi, chim ustida xokkey kabi sport turlarida Sobiq Ittifoq terma jamoasi bilan jahon chempionati, Olimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan vakillarimiz ham qatnashishdi.
Ta'kidlash joiz, bugun Milliy olimpiya qo'mitasiga poytaxtimizda istiqomat qilayotgan faxriylargina tashrif buyurishdi xolos. MOQ kelgusida barcha viloyatlardagi sport faxriylari bilan ham izchil hamkorlikni yo'lga qo'yishni, ularning ulkan tajribasidan sportimiz taraqqiyoti va Olimpiya harakati rivoji yo'lida foydalanishni maqsad qilgan.