So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Toshkentda velomarafon o'tkazilishi sabab 5 ta markaziy ko'cha yopiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408
3 iyun butun dunyo bo'ylab Xalqaro velosipedchilar kuni sifatida keng nishonlab kelinadi.
Ushbu kunni O'zbekiston velosiped sporti federatsiyasi ham katta hajmda nishonlashni niyat qilgan.
Shu maqsadda 2 iyun kuni Toshkentda velomarafon o'tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur sport tadbirida Respublikamizning barcha fuqarolari va mehmonlari ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Milliy olimpiya qo'mitasi xabar bermoqda.
Velopoyga Toshkent shahrining markaziy ko'chalarida bo'lib o'tadi. Yo'nalish “Beshyog'och”, “Furqat”, “Islom Karimov”, “Sharof Rashidov” va “Afrosiyob” ko'chalari bo'ylab belgilangan bo'lib, poyga davomida ushbu ko'chalarda transport qatnovi vaqtincha to'xtatiladi.
Yo'nalishning umumiy masofasi 5 kilmetrni tashkil etadi. Poyga 2 iyun kuni soat 10:00 da “Humo arena” sport kompleksi oldida boshlanadi.