So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Har bir farzandga mehr, e'tibor» aktsiyasi o'tkazildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3046
Inson ona qornidaligidan yashash huquqiga ega bo'ladi. Shunday ekan, u tug'ilib, voyaga etgungacha bo'lgan davri mobaynida har qanday imtiyozga haqli.
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan muborak Ramazon oyida yana bir xayrli ish amalga oshirildi. MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi (RSTIAM) bugun poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan Toshkent shahar bolalar uyida 1 iyun- “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag'ishlab “Har bir farzandga mehr, e'tibor” shiori ostida aktsiya o'tkazdi.
Unda markazda faoliyat olib boradigan tor doiradagi shifokorlar mazkur dargohda yashayotgan bolakaylarni tibbiy ko'rikdan o'tkazishdi. Bunday tadbirlarni tashkil qilishdan ko'zlangan maqsad, avvalo, kelajagimiz egalariga yuksak e'tibor va mehr ko'rsatishdir. Ularning sog'lom bo'lib voyaga etishi jamiyat rivoji uchun faqatgina foyda bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, bu xayriya aktsiyasi aholining barcha ijtimoiy qatlami davlatimiz e'tiborida ekanligidan dalolatdir.