So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ramos bankdan katta miqdorda qarz bo'lib qolgani uchun Xitoyga yo'l olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 775
Bir necha kun avval "Real" sardori Serxio Ramos klubi prezidenti Florentino Peres bilan suhbatlashib, shartnomani bekor qilishni va o'zini Xitoy klubiga qo'yib yuborishni so'ragan. Ushbu ma'lumotni Peresning o'zi ham tasdiqladi.
33 yoshli nima uchun jamoani tark etishni istayotganining haqiqiy sababi aniq bo'ldi. Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchi iqtisodiy muammoga duch kelgan.
Ramos Banco de Santander bankidan 35 million evro miqdorida kredit olgan. Futbol Madrid shahri atrofida er sotib olib, u erda turarjoy binolarini qurishni rejalashtirgan edi. Ammo shahar kengashi bu joyda qurilish qilishga ruxsat bermadi. Endi esa Serxio bankdan olgan kreditini qaytarish borasida bosh qotirmoqda.
Shu bois, u Xitoy klublaridan biri bilan shartnoma imzolab, o'z qarzini yopishni ko'zlamoqda. Ramosning "Real"dagi yillik maoshi 12 million evroga teng.