14 avgust kuni O'zbekiston va Rossiya futbol afsonalari o'rtasida o'yin o'tkaziladi

14 avgust soat 19:00 da «Jar» stadionida 1979 yilgi aviahalokat qurbonlari xotirasiga bag'ishlab afsonaviy futbolchilar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi.
Ushbu uchrashuvda Birodar Abduraimov murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi Rossiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Mirjalol Qosimov, Azamat Abduraimov, Baxtiyor Ashurmatov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Timur Kapadze, Ignatiy Nesterov, Ravshan Irmatov, Aleksandr Mirzoyan, Rinat Dasaev, Dmitriy Alyonichev, Valeriy Shmarov, Egor Titov, Sergey Kiryakov kabi afsonalar ishtirok etadigan ushbu o'yinga barcha futbol muxlislarini taklif etamiz. Kirish bepul.
Shuningdek, OAV vakillari uchun uchrashuv oldidan, soat 18:00 da matbuot anjumani ham o'tkaziladi.
14 avgust | 18:00
«JAR» stadioni
Barchangizni ushbu muhim tadbirda kutib qolamiz.