So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Toshkentda dzyudo bo'yicha O'zbekiston kubogi start oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35883
Xabar berib o'tganimizdek, 23-25 dekabr kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo'yicha O'zbekiston kubogi o'tkaziladi. Bugun musobaqaga start berildi. Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan 470 ga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.
Bahslarni kuzatish uchun Umid Ahmadjonov boshchiligida Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari ham tashrif buyurishdi.
Bugun erkaklar o'rtasida -60 va -66 kg, ayollar o'rtasida esa -48, -52, -57 kg vazn toifasida bellashuvlar tashkil qilinadi.
24 dekabr:
Erkaklar: -73 kg, -81 kg, -90 kg.
Ayollar: -63 kg, -70 kg.
Boshlanish vaqti: 10:00
Finallar: 16:00
25 dekabr:
Erkaklar: -100 kg, +100 kg.
Ayollar: -78 kg, +78 kg.
Boshlanish vaqti: 10:00
Finallar: 13:00.
Musobaqada qayd etilgan natijalar bilan Milliy olimpiya qo'mitasining rasmiy sayti orqali tanishishingiz mumkin bo'ladi.