Kvaratsxeliya: "Napoli"ning chempion bo'lishiga ishonaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 72
Xvicha Kvaratsxeliya "Napoli"ning chempion bo'lishiga ishonadi.
"Skudetto haqida gapirish mumkinmi? Oldinda hali ko'p vaqt va ko'plab o'yinlar bor. Biz uchun har bir uchrashuv printsipial ahamiyatga ega va bu maqsadga erishish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.
- “Napoli”ning chempionligiga ishonasizmi?
- Albatta! Har safar maydonga chiqqanimizda, g'alaba qozonish haqida o'ylamiz. Keyin nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi", - dedi yarim himoyachi DAZN nashriga bergan intervyusida.
"Napoli" A Seriyada 15 turdan keyin 41 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Milan"ni 8 ochko ortda qoldirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!