Nyubel nima uchun "Bavariya"ga qaytishni xohlamayotganini ochiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
Manuel Noyer 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha jarohati tufayli maydonga tusha olmaydi, shu sababli, "Bavariya" Aleksandr Nyubelni ijaradan qaytarishga harakat qilmoqda. Biroq 26 yoshli darvozabon mavsum o'rtasida "Monako"ni tark etmoqchi emas.
"Menga qaytishim unchalik mantiqiy emas. Manuelning jarohati qanchalik jiddiy ekanini bilmayman, lekin keyingi mavsumga qadar u formada bo'ladi deb o'ylayman, shu sababli, "Bavariya"ga muddatdan oldin qaytishni rejalashtirmayapman" - dedi Nyubel BILD nashriga.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Nyubel ikkinchi mavsumdan beri "Monako"da ijarada o'ynamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!