Galte qizil kartochka olgan Neymarni himoya qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
Chorshanba oqshomida "PSJ" Frantsiya chempionati doirasida o'z maydonida "Strasburg"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Parijliklar o'yinni Neymarsiz yakunladilar, chunki, ikkita sariq kartochkadan so'ng qizil kartochka oldi. O'yindan so'ng parijlik ustozi Kristof Galte bu haqda fikr bildirdi.
"Strasburg" yaxshi va jismonan kuchli o'yin ko'rsatmoqda, ular kuch sarflashdi. O'yinchilarimga nisbatan qilingan haddan tashqari xatti-harakatlarga qattiqroq jazo berilmaganidan afsusdaman. Bu Neymarning jahlini chiqardi.
Vaziyatni ko'rdim, simulyatsiya bor edi va bu sariq kartochka. Ammo menimcha, uning birinchi sariq kartochkasi Neymarga nisbatan kichik emas, balki qo'polliklar soni hisobga olinsa, juda qattiq jazo bo'ldi", - dedi Galte.