Mbappe: "Frantsiyaning finaldagi mag'lubiyati uchun "PSJ" tovon to'lamasligi kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53
Hujumchi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasining jahon chempionati finalida mag'lubiyatga uchraganidan bir necha kun o'tib "PSJ" mashg'ulotlariga qaytdi. Hujumchi nima uchun ta'tilni bekor qilganini tushuntirdi.
"Men buni hech qachon hazm qilmayman” - dedi Mbappe jurnalistlarga Frantsiyaning finaldagi mag'lubiyatini nazarda tutib. "Ammo, murabbiy va jamoadoshlarimga aytganimdek, mening klubim terma jamoamning mag'lubiyati uchun tovon to'lamasligi kerak", - deya qo'shimcha qildi Kilian.
Eslatib o'tamiz, chorshanba kuni "PSJ" Frantsiya chempionati doirasida "Strasburg" jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etgandi. Kristof Galte jamoasi Frantsiya Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilishda davom etmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!