Muxlislar Neymarni tanqid qilishmoqda: "U ham Ronaldu bilan bir xil"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 65
Neymar uchun mavsumning qayta tiklanishi salbiy bo'ldi. Frantsiya chempionati doirasidagi “Strasburg”ga qarshi o'yinda “PSJ” hujumchisi sanoqli daqiqalarda ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi.
Keyinroq Neymar o'yinning final hushtagi yangraguncha "Park de Prens"ni tark etgani haqida ma'lumot paydo bo'ldi. Shu sababli braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar tanqidiga uchradi.
Muxlislardan biri Neymarning injiqliklarini "Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi bilan solishtirib: "Ronaldu bilan bir xil", — deb yozdi.
"PSJ" Frantsiya chempionatining navbatdagi o'yinini 1 yanvar kuni safarda “Lans” jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!