So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ruslan Nuriddinov doping sababli og'ir atletikadan chetlashtirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10286
2012 yilgi London Olimpiadasida ishtirok etgan besh nafar og'ir atletikachidan olingan tahlillar Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi tomonidan qayta o'tkazilgan doping tekshiruvida ijobiy natija bergan. Bu haqda Xalqaro og'ir atletika federatsiyasi (IWF) matbuot xizmatiga tayanib, Kun nashri xabar qildi.
Qayd etilishicha, doping testiga ijobiy reaktsiya bergan namunalardan biri o'sha musobaqada 105 kg vazn toifasida to'rtinchi o'rinni olgan o'zbekistonlik Ruslan Nuriddinovga tegishli. Undan tashqari, 2012 yilgi olimpiya o'yinlarining -105 kg vazn toifasidagi chempioni ukrainalik Aleksey Toroxtiy, -56 kg.da bronza medali sohibi ozarbayjonlik Valentin Xristov, shuningdek mos ravishda 8- va 14-o'rinni egallagan beloruslik Nikolay Novichkov va armanistonlik Melin Daluzyan ham ro'yxatda bor.
Xalqaro og'ir atletika federatsiyasi ushbu besh sportchini vaqtinchalik faoliyatdan chetlashtirgan.
Ma'lumot uchun, Nuriddinov oradan to'rt yil o'tib, 2016 yili Rioda olimpiya o'yinlari rekordini o'rnatgan holda oltin medalga sazovor bo'lgan edi. U 2018 yil Indoneziyada o'tgan Osiyo o'yinlarida ham turnir rekordini yangilab, tengsiz bo'ldi.
Ruslan 2013 yilda jahon chempionligiga erishgan, Osiyo chempionatlarida ham ikki marotaba g'olib chiqqan. U 2014 yilda tizzasidan jiddiy jarohat olgani tufayli operatsiya stoliga yotgan edi, ammo jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatsiz o'tgach, bir yil reabilitatsiya bosqichini o'tishga majbur bo'ldi. 2015 yilda Nuriddinov yana bir marta operatsiya qilingach, qayta tiklanib sportga qaytishi uchun 10 oy vaqt talab qilingandi.