"Everton" himoyachisi bilan muddatidan avval hayrlashmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 70
"Everton" chap qanot himoyachisi Ruben Vinagrening "Sporting" bilan ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishi mumkin, deb xabar beradi Liverpool Echo, A Bola nashriga tayanib.
Shartnoma mavsum oxirida 20 million evroga sotib olish variantini o'z ichiga olgan, ammo himoyachi yanvardayoq Portugaliyaga qaytishi mumkin. Bunga 23 yoshli futbolchining o'yin amaliyotiga ega bo'lmagani sabab bo'lmoqda.
2022/23 yilgi mavsumning birinchi yarmida Ruben bor yo'g'i 4 ta o'yinda maydonga tushdi, shundan 2 tasi Premer-ligada (24 daqiqa). U asosiy tarkib uchun kurashda ukrainalik Vitaliy Mikolenkoga imkoniyatni boy berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!