"Atletiko" Karraskoga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 74
"Atletiko" o'zining vingeri Yannik Ferreyra Karraskoni sotishga tayyor.
Madridliklar mavsumning bahorgi qismida evrokuboklarda qatnasha olmagani uchun kelasi yil uchun daromad taqchilligini 30-40 million evroga baholagan.
"Atletiko" moliyaviy ahvolini muvozanatlash uchun Karraskoni qishki transfer oynasidayoq sotish niyatida.
"Matraschilar" belgiyalik futbolchi uchun 60 million evroni talab qilmaydi. Madridliklar uni 40 millionga sotishga tayyor.
Ma'lumotlarga ko'ra, Karraskoga "Nyukasl" faol qiziqish bildirmoqda. Shuningdek "Tottenxem" ham uni o'z safida ko'rmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!